Qozog‘istonda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘rtta davlatga xalqaro reyslar tiklandi
Qozog‘istonda 4 ta davlatga 6 ta yo‘nalishda xalqaro reyslar tiklandi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining axborot xizmatiga tayanib Kazinform.
Idoralararo komissiyaning 2020-yil 11-avgustdagi qaroriga binoan, 2020-yilning 17-avgustidan boshlab, Qozog‘iston haftasiga 23 marotaba takrorlanadigan 6 yo‘nalish bo‘yicha 4 davlatga xalqaro reyslarni bosqichma-bosqich tikladi.
Bular:
Misrga parvozlar 12-sentabrdan Olmaota—Sharm ash-Shayx yo‘nalishida qayta tiklanishi rejalashtirilgan. 2020-yil 27-avgustdan boshlab Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasida muntazam yo‘lovchi qatnovlariga cheklovlar olib tashlanadi.
Reyslar transportda bosh sanitariya vrachining buyrug‘iga binoan sanitariya xavfsizligi choralari kuchaytirilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mamlakatdagi barcha aeroportlarda zararsizlantirish choralari kuchaytirilgan, sanitariya vositalari o‘rnatilgan va karantin choralari ko‘rilmoqda. Binoning kirish qismida yo‘lovchilarning tana harorati o‘lchanadi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
