» » Yalpizli choy ichishni boshlash uchun 6 sabab

Yalpizli choy ichishni boshlash uchun 6 sabab


Choyga turli xil shirinliklar qo‘shib ichish odat tusiga kirib qolgan. Garchi uning zararli tomonlari mavjud bo‘lsa ham. Lekin aynan yalpizli choy ichish kamdan kam uchraydigan holat. Bunday foydali choy ichishni boshlash uchun uning o‘ziga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir ko‘rsatadi

Yalpizli choy tanadagi shishni va oshqozon buzilishining oldini oladi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu ekstrakt tana a’zolarini bo‘shashtiradi va organizmda mavjud bo‘lgan og‘riq, spazmni ketkazadi. Ta’kidlanishicha, 4 hafta mobaynida yalpizli choy qabul qilish ovqat hazm qilish tizimidagi muammolarni 40 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, yalpizli kapsulalar kimyoviy terapiya bilan shug‘ullanadigan bemorlarda ko‘ngil aynishining oldini oladi, shuningdek, boshqa sabablarga ko‘ra ko‘ngil aynishi kuzatilayotgan odamlarga ham juda foydali.

Bosh og‘rig‘i va migrenni kamaytiradi

Yalpiz mushaklarni bo‘shashtirish va bosimni pasaytirish, har qanday turdagi bosh og‘rig‘iga qarshi kurashda yaxshi yordamchi sanaladi. Shuningdek, yalpiz moyini chakkaga surish orqali qon bosimini ko‘tarish mumkin. Bu quyi qon bosimi egalari uchun ajoyib yechimdir.

Quvvat manbayini oshiradi

Tadqiqotlar natijasida yalpizli choy ichish asab tizimiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi, quvvatni oshirishi hamda kunduzgi uyquchanlikning oldini olishi aniqlandi.

Vazn tashlashda yordam beradi

Tarkibida kaloriya va kofein bo‘lmagan yalpizli choy tetiklashtiruvchi xususiyatga ham ega. Birozgina ishtahani bo‘g‘ishi natijasida ortiqcha vazn bilan kurashish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Diqqatni jamlashni yaxshilaydi

Fikrlash, diqqatni jamlashda qiyinchilikka uchraydiganlar uchun yalpizli choy ajoyib yechim. Shuningdek, choy xotirani mustahkamlash va reaksiyaning tezlashishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashadi

Yalpizli choy bir qancha bakteriyalarga – stafilokokk, salmonella va listeriyaga qarshi kurashda yordam beradi. Shuningdek, yalpiz mikroorganizmlarning ko‘payishining oldini oladi, og‘iz bo‘shlig‘ini qisman zararsizlantirib, nafas olish yo‘lini ham tozalaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют