» » Buxoroda chaqmoq urishi natijasida 800 gektar to‘qayzor yonib ketdi

Buxoroda chaqmoq urishi natijasida 800 gektar to‘qayzor yonib ketdi


Buxoroning Qorako‘l tumani hududidagi to‘qayzorga o‘t ketdi, deb xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 23-avgust kuni kechga yaqin tumanning Qizqal’a va Gurli mavzelari cho‘l hududidan o‘tuvchi Amudaryo qirg‘og‘idagi to‘qayzorda chaqmoq urishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida to‘qayzorning 800 gektarida bo‘lgan qamish, yulg‘un va quruq xashaklar yonib ketgan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avval Chorsuda “Jar” sport majmuasi ichida joylashgan choyxona yonib ketgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют