» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi: Organizmdagi o‘lik viruslar ham testda musbat natijani ko‘rsatishi mumkin

Koronavirusga qarshi kurash shtabi: Organizmdagi o‘lik viruslar ham testda musbat natijani ko‘rsatishi mumkin


O‘lgan hujayralardan o‘lik viruslar ham tashqariga chiqishi kuzatilgan. Bu haqda 26-avgust, chorshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova aytib o‘tdi.

Brifingda fuqarolardan kelib tushgan, “2 oy avval koronavirusni boshdan kechirdim, uyda davolandim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman, lekin PZR test natijasi har gal musbat chiqyapti. Menda virus yana qaytalandimi yoki tuzalmadimmi?”, degan savolga javob berildi.

Agar shifokoringiz sizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tuzalganingizni aytgan bo‘lsa, demak odamlar uchun bezararsiz va qayta kasallanmagansiz.

Odatda PZR tahlil musbat chiqadigan bo‘lsa, bu bemor viruslarni tashqariga chiqarishi bilan atrofdagilarga xavfli hisoblanadi.

Lekin sizda kasallik 2 oy oldin boshlangan va so‘zingizga ko‘ra, uyda shifokor nazoratida davolangansiz, demak sizda kasallikning og‘ir turi bo‘lmagan.

Zararlangan to‘qimalardan nafaqat tirik va faol viruslar, balki o‘lgan hujayralardan o‘lik viruslar ham tashqariga chiqishi kuzatiladi.

PZR testi esa viruslarning chiqishini ko‘rsatgani sababli o‘lik viruslar ham bu davrda test natijalarini musbat ko‘rsatishi mumkin. Lekin ushbu davrda bemor atrofdagilarga bezarar bo‘ladi.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Avvalroq ekspress test tahlili va u kimlarda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют