» » Samarqandda o‘zganing plastik kartasidan salkam 3 mln so‘m o‘g‘irlagan “uddaburon”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda o‘zganing plastik kartasidan salkam 3 mln so‘m o‘g‘irlagan “uddaburon”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyatida o‘zganing plastik kartochkasidan 2 million 790 ming so‘m o‘g‘irlagan “uddaburon”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

2020-yil 16-avgust kuni viloyatning Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro X. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-sonli IIBga murojaat qilib, notanish fuqaro uning plastik kartasidan 2 million 790 ming so‘m pullarini yechib olganligini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 15-aprel kuni X. Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” banki filiallaridan biriga borib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulamoqchi bo‘lgan. Shu payt uning yoniga fuqaro Z. kelib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulab, pullarni boshqa plastik kartochkasiga o‘tkazib berishda yordam berishini aytgan.

Amaliy yordam vaqtida Z. plastik kartochkadagi kodlarni eslab qolib, X.ga “pullaringizni o‘tkazib bo‘lmadi” degan va plastik kartasini qaytarib bergan. Fuqaro X. bankdan ketganidan so‘ng plastik kartochka kodlarini o‘zining telefon apparatiga ulab, undan 2 million 790 ming so‘m pulni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan ketgan.

Samarqand viloyat IIB JQB Tezkor-qidiruv hamkorligi bo‘limi hamda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-sonli IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahri Motrid qo‘rg‘onida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan M.Z. sodir qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют