» » Germaniya terma jamoasi Ispaniya va Shveysariyaga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi

Germaniya terma jamoasi Ispaniya va Shveysariyaga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi


Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniya va Shveysariyaga qarshi kechadigan o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Loaxim Lyov qaydnomaga 22 nafar futbolchini kiritdi. Mazkur yig‘inga Chempionlar Ligasi ishtirokchilari “Bavariya” va “Leypsig”dan futbolchilar jalb qilinmadi. Myunxenliklarning yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilari (Niklas Zyule va Leroy Sane) bundan mustasno.

Germaniya terma jamoasi 3-sentabr kuni Ispaniyaga qarshi bahs olib borsa, 6-sentabrda Shveysariya bilan o‘ynaydi.

Darvozabonlar: Oliver Baumann (“Hoffenhaym”), Bernd Leno (“Arsenal”), Kevin Trapp (“Ayntraxt”).

Himoyachilar: Mattias Ginter (“Borussiya M”), Robin Gozens (“Atalanta”), Tilo Kerer (PSJ), Robin Kox (“Frayburg”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Niko Shuls (“Borussiya D”), Niklas Zyule (“Bavariya”), Jonatan Ta (“Bayer”).

Yarim himoyachilar va hujumchilar: Yulian Brandt, Emre Jan (ikkisi – “Borussiya D”), Yulian Draksler (PSJ), Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti”), Kay Haverts (“Bayer”), Toni Kroos (“Real”), Florian Noyxaus (“Borussiya M”), Leroy Sane (“Bavariya”), Suat Serdar (“Shalke-04”), Luka Valdshmidt (“Benfika”), Timo Verner (“Chelsi”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют