» » Germaniya termasining Belarus va Estoniyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi

Germaniya termasining Belarus va Estoniyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi


Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Yevro—2020 musobaqasi sarlash bosqichi o‘yinlarida ishtirok etuvchi tarkibni e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur ro‘yxatga “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos hamda “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen kiritilmadi. Ma’lumot uchun, har ikkala o‘yinchi ham jarohat olgan.

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyerning esa kichik jarohati mavjud, u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya 8-iyun kuni safarda Belarus bilan o‘ynasa, 11-iyun kuni o‘z maydonida Estoniyani qabul qiladi.

Darvozabonlar: Bernd Leno, Manuel Noyer, Kevin Trapp

Himoyachilar: Mattias Ginter, Marsel Halstenberg, Yonas Hektor, Tilo Kerer, Lukas Klostermann, Niko Shults, Niklas Shtark, Niklas Zyule, Jonatan Ta

Yarim himoyachilar: Yulian Brandt, Yulian Draksler, Serj Gnabri, Leon Goretska, Ilkay Gundo‘g‘on, Kay Haverts, Yozua Kimmix

Hujumchilar: Marko Roys, Leroy Sane, Timo Verner

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют