» » Emomali Rahmon Tojikiston prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

Emomali Rahmon Tojikiston prezidentligiga nomzodini qo‘ydi


Tojikistonning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonning nomzodi prezidentlik sayloviga Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ilgari surildi. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Dushanbe shahrida 26-avgust kuni Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasining navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tgan. Qurultoyda mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmon prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ilgari surilgan.

Shu tariqa, hozirga qadar prezidentlik sayloviga Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda yettita siyosiy partiyadan to‘rttasi o‘z nomzodlarini ilgari surgan.

Agrar partiyadan partiya rahbari Rustam Latifzodaning nomzodi ilgari surilgan. Sotsialistik partiya o‘z raisi Abduhalim G‘afforovning nomzodini taklif qilgan. Tojikiston Demokratik partiyasi va Iqtisodiy islohotlar partiyasi ham o‘z yetakchilari Saidjafar Usmonzoda va Rustam Rahmatzoda (Qudratov) nomzodlarni ilgari surgan.

Sentabr oyining boshida o‘z saylovoldi qurultoylarida Tojikiston Kommunistik partiyasi va hukmron Xalq-Demokratik partiyasi o‘z nomzodlarini ma’lum qiladi.

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Rahmatillo Zoyirov mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz Tojikistonda prezidentlik saylovi 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2013-yil 6-noyabrda bo‘lib o‘tgan avvalgi prezidentlik saylovida Emomali Rahmon saylovchilarning 83,6 foiz ovozini to‘plab, mamlakat prezidentligiga qayta saylangan. Demokratik partiya nomzodi Saidjafar Usmonzoda va Sotsialistik partiya nomzodi Abduhalim G‘afforov ham 2013-yilgi saylovda prezidentlik uchun kurashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют