» » Tailandlik ayol mushugini o‘zboshimchalik bilan davolamoqchi bo‘ldi hamda uni sap-sariq qilib qo‘ydi

Tailandlik ayol mushugini o‘zboshimchalik bilan davolamoqchi bo‘ldi hamda uni sap-sariq qilib qo‘ydi


Tailandlik Supamas ismli ayol mushugida kuzatilgan zamburug‘ni xalq tabobati yordamida davolamoqchi bo‘lgan. Oqibatda esa hayvon rangi oqdan sariqqa o‘zgargan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ma’lum qilinishicha, ayol internetda kurkuma — zarchivani yallig‘lanish va zamburug‘dan xalos bo‘lishda samara berishini o‘qigan va ushbu mahsulotni mushukning zamburug‘ hosil bo‘lgan tana qismiga surtgan. Ammo infeksiya tarqalishini oldini olish uchun bu yetarli emas deb hisoblagan va kurkumani hayvonning butun tanasiga surtib chiqqan.

Ayol surtilgan kurkumani yuvmoqchi bo‘lganida uning ketmasligiga guvoh bo‘lgan, mushukning oq mo‘ynasi esa sariq bo‘lib qolgan. Shunga qaramasdan, hayvonning egasi undagi zamburug‘ni davolashga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют