» » Buxoroda fuqarolarning salkam 500 mln so‘mlik qoramollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborgan shaxs ushlandi

Buxoroda fuqarolarning salkam 500 mln so‘mlik qoramollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborgan shaxs ushlandi


Buxoro viloyatida o‘ndan ortiq fuqarolarning jami 489 million 250 ming so‘mga baholangan qoramollarini aldov yo‘li bilan olib, ularni sotib yuborgan va pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Qorako‘l tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi katta tergovchisi, kapitan Lutfulla Jo‘rayev xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning avgust oyi davomida Qorako‘l tuman ichki ishlar bo‘limiga tuman hududida yashovchi bir nechta fuqarolardan “Darg‘abog‘i” mahallasida yashovchi, 26 yoshli mol olib-sotar M.S.ning qoramol olib, hozirga qadar pullarni bermay kelayotgani haqida arizalar tushgan.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartib idoralari xodimlari tomonidan tergovga qadar tezkor tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida M.S. “Polvonlar”, “Mirzaqal’a”, “Kamolot”, “Qoraun”, “Darg‘abog‘i” mahallalarida yashovchi 13 nafar fuqaroning qoramollarini olib, sotib berishini va pulini tez orada berishini aytib, aldab ketgani ma’lum bo‘lgan. Mol olib-sotar bu harakati bilan jabrlanuvchilarga jami 489 million 250 ming so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

“Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi M.S. tergov organi tomonidan ushlangan. Unga takroran sodir qilgan bir necha og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”,“b” bandlari (ko‘p miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonida firibgarlik) 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan ayb e’lon qilingan. Ayni paytda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, — deydi Lutfulla Jo‘rayev.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют