» » Qashqadaryoda Denovbola qishlog‘ini Kitob tumani markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l qayta tiklanmoqda

Qashqadaryoda Denovbola qishlog‘ini Kitob tumani markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l qayta tiklanmoqda


Qashqadaryoda Denovbola qishlog‘ini shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘lning 50 metr qismi yopilib qolgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur hududda yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlangani haqida ma’lum qildi.

“Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ‘Kuxsor’ mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Denovbola qishlog‘ini shahar markazi bilan bog‘lovchi Palandara—Javuz—Denovbola ichki avtomobil yo‘lining 39-kilometrida, taxminan, 252 ming metr kub hajmga teng bo‘lgan ikkilamchi oquvchi ko‘chki hosil bo‘lgan. Denovbola qishlog‘ini shahar markazi bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lining 50 metr qismini ko‘chki massasi qoplagandi.

Kitob tuman hokimligi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Shahrisabz kuzatish stansiyasi xodimlari, shuningdek, 3 ta maxsus texnika va 20 nafardan ziyod mahalliy aholi vakillarining yordami bilan yo‘lning tuproq ko‘chkilari ta’sirida yopilib qolgan qismida tozalash va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

2019-yilda Kitob tumanidagi Denovbola qishlog‘i aholisi tuman markaziga borishi uchun 3 kilometr masofada aylanma yo‘l qurib, bitkazilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют