» » O‘zbekistonda 26-avgust kuni 390 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 40 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 26-avgust kuni 390 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 40 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 25-avgust soat 23:00 dan 26-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 390 ta holat qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 40054 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 390 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 6 ta hududda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar qayd etildi.

SSV 26-avgust kuni Toshkent shahrida to‘rt nafar, Samarqand viloyatida ham ikki nafar bemor vafot etgani haqida xabar qildi. Vazirlik 25-avgust kuni vafot etgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini bir kun o‘tib tasdiqladi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 81 yoshli M.I. ismli erkak vafot etgan. 81 yoshli erkak SSV hisobi bo‘yicha poytaxtdagi koronavirusning 200-qurboni bo‘ldi.

Ikkinchi o‘lim. Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashagan 38 yoshli X.Q. ismli erkak vafot etgan. Samarqandda 50 kun ichida birinchi marta yangi o‘lim holati haqida xabar berildi. Bungacha oxirgi marta 7-iyul urgutlik 61 yoshli ayolning vafoti haqida xabar berilgandi.

Uchinchi o‘lim. Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 58 yoshli Eron Islom Respublikasi fuqarosi B.S. ismli erkak vafot etgan. Eronlik erkak O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etgan ikkinchi xorijlik bo‘ldi. Bungacha 9-iyul kuni Buxoroda Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan 40 yoshli erkak vafot etgandi. Eron fuqarosi “Daryo” hisobi bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etgan 300-bemor bo‘ldi.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 79 yoshli V.Ya. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli M.K. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 293 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 302 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3199 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

26-avgust kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 579 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 23-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40054 nafar bemordan 36562 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 91 foizni tashkil etmoqdaBu natija yangi rekord hisoblanadi. Ilgari hech qachon koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi 90 foizdan oshmagandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют