» » Andijonda tanishiga shar’iy nikoh o‘qigan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Andijonda tanishiga shar’iy nikoh o‘qigan fuqaro 15 sutkaga qamaldi


Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tanishiga u xotini bilan qonuniy ravishda ajrashmaganiga qaramay, shar’iy nikoh o‘qib qo‘ygan fuqaroga tuman ma’muriy sudi tomonidan hukm o‘qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar berilgan.

2020-yil 15-avgust kuni Buloqboshi tumani “Xontepa” MFYda I.A. tanishi I.T.ning O.A. bilan shar’iy nikohini o‘qib qo‘ygan.

I.T. tanishiga olti oydan beri turmush o‘rtog‘isiz yolg‘iz yashayotgani, yarashish uchun xotinining oldiga borganida unga rad javobi berilganini aytgan. I.T.ning birinchi xotini D.T. (ular 2009-yilda turmush qurgan, ikki nafar qiz farzandi bor) shar’iy nikoh o‘qilganidan xabar topgach, ichki ishlar organlariga shikoyat qilgan.

Sudda I.A.ga shar’iy nikoh o‘qib qo‘yib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida noqonuniy tarzda shar’iy nikoh o‘qib qo‘yish holatlari avval ham kuzatilgan. Jumladan, may oyida Buloqboshi tumanida o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 7 sutkaga qamalgan, shuningdek iyunda Buloqboshi tumanida yashovchi Abbos Soliyev (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘g‘li Ahror Soliyevga yashirincha shar’iy nikoh o‘qiganligi uchun uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют