» » Samarqandda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan 36 yoshli erkak 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi (video)

Samarqandda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan 36 yoshli erkak 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi (video)


Samarqand viloyatida rashk sabab turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, rafiqasiga benzin sepib yoqib yuborgan 36 yoshli D.K.ga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar qilingan.

Jabrlanuvchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining ushbu vahshiyona qilmishi tufayli uning bir qulog‘i, yuzining bir qismi, badani, qo‘lining barmog‘i kuygan. Sud xulosasida ayol tanasining 25 foiz qismining kuygani aytiladi.

Xotinining chiroyli ekanini vaj qilib, arzimagan sabablar bilan u bilan janjallashib jahl ustida ayolga o‘t qo‘ygan erkak Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topildi va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют