» » Dani Karvaxal: “Real”da do‘st topish mushkul

Dani Karvaxal: “Real”da do‘st topish mushkul


“Real” himoyachisi Dani Karvaxal jamoa a’zolarining shaxsiy munosabatlari haqida gapirdi.

“Real”da do‘st topish mushkul. “Bayer”da o‘ynaganimda futbolchilarning o‘rtacha yoshi 23 edi va, albatta, biz bir-birimiz bilan ko‘p vaqt o‘tkazardik. “Real”da hammaning o‘z hayoti bor, barcha mashg‘ulotlarda astoydil ishlaydi, ortiqcha narsalarga vaqt yo‘q.

Jamoadagi asosiy inson — Zinedin Zidan. Uning asosiy afzalligi — boshqalarga ham ta’sir qiladigan xotirjamligidir. Holatimiz yaxshi yoki yomonligidan qat’i nazar, u doimo sovuqqon. Bu xotirjamlik o‘z navbatida biz futbolchilarga ham o‘tadi. U jamoaga ishonadi, hammaning natijaga hissa qo‘shishi mumkinligini tushuntiradi. Bu esa unga muvaffaqiyatni kafolatlaydi.

Dani Karvaxal, “Real” himoyachisi

Ma’lumot uchun, Karvaxal 2013-yildan beri “qirollik klubi” sharafini himoya qilib keladi. U 2019/20 yilgi mavsumda Ispaniya La Ligasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi.

Mavzuga doir: Ispaniya termasining Millatlar Ligasi musobaqasi uchun tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatda “Barselona”dan atigi 2 futbolchi bor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют