» » Suriyada Rossiya bronetransportyori AQSh partrul mashinasini borib urdi. Amerikalik to‘rt harbiy jarohat oldi

Suriyada Rossiya bronetransportyori AQSh partrul mashinasini borib urdi. Amerikalik to‘rt harbiy jarohat oldi


Suriya shimoli-sharqida Rossiyaga tegishli zirhli mashina Amerikaning bir guruh zirhli mashinalari bilan to‘qnashib ketishi oqibatida AQSh harbiylari jarohat oldi, deb xabar beradi Reuters.

Ta’kidlanishicha, to‘qnashuv 25-avgust kuni ertalab Derik aholi punktida sodir bo‘lgan.

“Garchi Amerika va Rossiya qo‘shinlarining hamkorlikdagi harakati tez-tez uchrab turmasa-da, mazkur ko‘ngilsiz hodisa Suriya shimolidagi har ikki mamlakat qo‘shinlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq xavflarni va tang holatdagi tezkor eskalatsiya qilish imkoniyatini ko‘rsatib berdi”, — deyiladi xabarda.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt nafar amerikalik jarohat olgan ko‘ngilsiz hodisa rossiyalik harbiylar sabab yuzaga kelgan. AQSh harbiy xizmatchilariga bosh miya yengil chayqalishiga o‘xshash alomatlar tashxisi qo‘yilgan.

Bundan tashqari, internetda foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv videosi paydo bo‘lgan.

“TASS”ning yozishicha, sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Vashington Moskvani dekonflikting protokollarini buzishda ayblagan.

Video of another skirmish between Russian and US forces in NE Syria from Aug 24. It appears there are two US vehicles and Russian BTR-80, 2 Typhoon-K MRAPs, Ural-4320, and 2 Tigr vehicles with Russian Mi-8AMTSh and Mi-35M helicopters overhead. 313/https://t.co/RjzbJTG2sj pic.twitter.com/G6midolbeD

— Rob Lee (@RALee85) August 26, 2020

So the Fighter Bomber Instagram channel that posted this video claims the Russian Mi-8AMTSh helicopter in this video was hovering over American forces, presumably to try to disperse them or force them to move. 318/https://t.co/0iBHe4GlnT pic.twitter.com/LDebd2HlLP

— Rob Lee (@RALee85) August 26, 2020

“Bu kabi harakatlar Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida 2019-yilning dekabrida tasdiqlangan dekonflikting protokollarini buzish hisoblanadi”, — deydi Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati rahbari Jon Elliot.

O‘z navbatida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham vaziyatga izoh bergan.

“Bosh shtab boshliqlari — Mark Milli va Valeriy Gerasimov liniyasi bo‘yicha telefon suhbati bo‘lib o‘tdi”, — deydi qisqa qilib Peskov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют