» » Toshkentdagi o‘nlab avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi

Toshkentdagi o‘nlab avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi


Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 23-avgustdan 1-sentabrgacha qadar ushbu oraliqda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Ahmad Donish ko‘chasi va Ahmad Donish—Yangi shahar, Ahmad Donish—Yunus ota ko‘chalari kesishgan chorrahalar orqali harakatlanuvchi 17 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra (avtobus saroylariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha):

Xususiy korxonalarga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

Mazkur yo‘nalishlar harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlarining va avtobuslar orasidagi oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, O‘lkaobod va Chinobod ko‘chalarida kunning turli vaqtlarida turli miqdordagi avtotransport tirbandliklari yuzaga kelayotganligini inobatga olib, yo‘lovchilar tashishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida ushbu ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari harakatiga qisman o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Bundan tashqari, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilgan.

Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida avtotransport vositalarining Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga harakatlanishi vaqtinchalik cheklangan.

Shu munosabat bilan yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgunga qadar 25-avgustdan boshlab 37-sonli “Mahalliy Aeroport-3—Toshkent MUM” va 55-sonli “Toshkent quvur zavodi—Istiqlol ko‘chasi” avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li—Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirilgan.

Avvalroq Kichik halqa avtomobil yo‘lining Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismida yangi ko‘prik yo‘lini qurish ishlari doirasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ushbu chorraha 27-avgustdan boshlab bir oy muddatga avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

“Toshshahartransxizmati”ning yozishicha, mazkur chorraha orqali harakatlanuvchi 32, 62, 70-sonli yo‘nalishlar harakati Janubiy vokzal, Shota Rustaveli, Usmon Nosir 2-tor, Qushbegi mavzesidagi mahalliy yo‘l, Qushbegi, KHAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazilgan edi. Metroning yangi yo‘nalishlari Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan. Ko‘chani ta’mirlash ishlari metro yo‘nalishlari yakunlanganidan so‘ng boshlangan. Qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshirilib, ilk jarayon sentabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют