» » Marg‘ilonda Cobalt va Spark ishtirokidagi YTHda 22 yoshli ikki yigit halok bo‘ldi

Marg‘ilonda Cobalt va Spark ishtirokidagi YTHda 22 yoshli ikki yigit halok bo‘ldi


Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida Cobalt va Spark ishtirokidagi mudhish YTHda 22 yoshli ikki yigit vafot etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 26-avgust kuni soat soat 01:00 larda Marg‘ilon shahridagi Xiyobon ko‘chasidan o‘tgan ko‘prik ustida sodir bo‘lgan.

22 yoshli haydovchi A.R. Cobalt tezligini me’yoridan oshirgan holda haydab ketayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan va ajratib turuvchi bordyur ustidan harakatlanib o‘tib, qarshisidan kelayotgan 34 yoshli haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi A.R. voqea joyida, uning 22 yoshli yo‘lovchisi M.G‘. shifoxonada vafot etgan. Spark haydovchisi Sh.A., yo‘lovchilari 46 yoshli X.M. va 30 yoshli A.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan 26-avgust kuni Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘lgani, Sirdaryoda Coca-Cola olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgani, Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasining yonib ketishi oqibatida ikki kishi, Jizzaxda avtobusning yuk mashinasiga urilishi natijasida 2 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют