» » Dizayner Narimon Grigoryanni o‘ldirganlikda ayblangan shaxs 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Dizayner Narimon Grigoryanni o‘ldirganlikda ayblangan shaxs 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi dizayner Narimon Olimjonov (Narimon Grigoryan)ni qasddan o‘ldirishda ayblanayotgan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi B.Burkitbayev (1996-yilda, Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, ilgari sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sudning 14-avgustdagi hukmi bilan B.Burkitbayev 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sud tayinlangan jazoning umumiy rejimdagi koloniyalarda o‘tash muddatini belgilab bergan.

Eslatib o‘tamiz, dizayner Narimon Grigoryan yanvar oyida ijara shartnomasi asosida yashab kelgan Yashnobod tumanidagi uyida o‘ldirilgan edi. Uning o‘limidan so‘ng Bosh prokuratura dizaynerning qonli jasadi tasvirlangan videoni e’lon qilgan. Biroz o‘tib, video tarmoqdan o‘chirilgan va Bosh prokuratura holat yuzasidan uzr so‘ragan. Bir qancha vaqt o‘tib esa Bosh prokuratura e’lon qilingan video Narimon Grigoryanga tegishli emasligini ma’lum qilgan.

Keyinroq Narimon Grigoryanning o‘limi tafsilotlari ochiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют