» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi 92 foizga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi 92 foizga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 27-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 40 338 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Mamlakatda 27-avgust kuni kun davomida 284 kishida koronavirus aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 27-avgust kuni Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida 2 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 297 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 306 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Shu bilan birga, 27-avgust kuni soat 17:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 554 nafar fuqaro tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 37 116 nafarga, tuzalish ko‘rsatkichi esa 92 foizga yetdi.

Hozirda O‘zbekistonda koronaviusga chalingan 2925 nafar bemor davolanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют