» » Samarqandga 2020-yil boshidan buyon 49 500 nafar turist keldi. 2019-yil shu davrida bu ko‘rsatkich 281 mingga yetgandi

Samarqandga 2020-yil boshidan buyon 49 500 nafar turist keldi. 2019-yil shu davrida bu ko‘rsatkich 281 mingga yetgandi


Koronavirus pandemiyasi sabab Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi turistlar soni hamda ular sayohatidan olinadigan turistik xizmatlar eksporti keskin kamaydi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2019-yilning yanvar—avgust oylarida shaharga 281 ming 200 nafar xorijlik sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2020-yilning ayni davridagi bu ko‘rsatkich 49 ming 500 nafarni tashkil qilgan. Mahalliy sayyohlar soni 1 million 281 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 433 ming 455 nafarga yetgan.

Shahardagi 250 ta joylashtirish vositasida 2020-yilning 8 oyi uchun 120 ming nafar xorijiy fuqaroga joylar band qilingan. Biroq tashriflar bekor qilinishi oqibatida joylashtirish vositalari 95 milliard 300 million so‘mlik tushumlardan mahrum bo‘lgan.

331 ta turizm yo‘nalishidagi korxonalar faoliyati to‘xtatilib, 4530 nafar fuqaro vaqtincha ishsiz qolgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют