» » Pens saylovlarda Tramp g‘alaba qozonsa, yana vitse-prezident bo‘lishga rozi bo‘ldi

Pens saylovlarda Tramp g‘alaba qozonsa, yana vitse-prezident bo‘lishga rozi bo‘ldi


Maykl Pens saylovlarda Respublikachilar partiyasidan AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishga rasman rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Prezident Donald Trampning menga ko‘rsatgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirgan holda, Respublikachilar partiyamiz ko‘magi va xudoning marhamati bilan AQSh vitse-prezidentiligini egallash va shu lavozimda xizmat qilish uchun nomzodlikni mamnuniyat bilan qabul qilaman”, — degan u Respublikachilar partiyasining 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan syezdida.

Respublikachilar partiyasi 24-avgust kuni prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Donald Tramp va Maykl Pensni ko‘rsatgan. Demokratlar partiyasi esa AQSh prezidenti sifatida Jo Bayden, vitse-prezident sifatida Kaliforniya senatori Kamala Xarris nomzodini ilgari surgan.

Eslatib o‘tamiz AQSh prezidentlik saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют