» » Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlariga rasman nomzod etib tasdiqlandi

Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlariga rasman nomzod etib tasdiqlandi


18-avgust kuni AQSh Demokratik partiyasi noyabrda o‘tadigan prezident saylovlari uchun o‘z nomzodi sifatida Jozef Baydenni tasdiqladi. Bu qaror partiyaning Miluokida o‘tgan qurultoyida qabul qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Nomzodga ovoz berish pandemiya sababli onlayn formatda o‘tgan. AQSh shtatlari va dengizorti hududlari delegatsiyalari vakillari Bayden yoki Vermont shtatidan senator Berni Sanders uchun ovoz berishlarini navbat bilan e‘lon qilishgan. Sanders Baydenning partiya ichidagi kurashdagi asosiy raqibi bo‘lgan, ammo aprelda saylovoldi poygasidan chiqib ketgandi.

Baydenga umumiy hisobda 3550 tadan ko‘proq, Sanders uchun 1150 tadan ko‘proq ovoz berilgan. Oxirgi bo‘lib Delaver shtati vakillari so‘z olgan. Bayden aynan ushbu shtatda hayotining ko‘p qismini yashagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti saylovlari 3-noyabrga belgilangan.

Avvalroq AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden prezidentlik kampaniyasida Demokratik partiyadan qatnashayotgan Kaliforniya senatori Kamola Harrisni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют