» » Jo Bayden AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida senator Kamola Harrisni tanladi

Jo Bayden AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida senator Kamola Harrisni tanladi


AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden 2020-yilgi prezidentlik kampaniyasida Demokratik partiyadan qatnashayotgan Kaliforniya senatori Kamola Harrisni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, agar Bayden saylovlarda g‘olib bo‘lsa, Harris AQSh tarixida vitse-prezidentlikni egallagan birinchi ayol va ushbu lavozimdagi birinchi qora tanli amerikalik siyosatchi bo‘ladi.

Shuningdek, Bayden g‘alaba qozonsa, Harris AQSh Demokratik partiyasi rahbarligiga da’vogarlik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli Harris 2016-yilda ilk bor senator bo‘lgan. Ungacha 2010-yildan boshlab Kaliforniya bosh prokurori lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 77 yoshli Jo Bayden AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sanaladi. Mamlakatda prezidentlik saylovlari 2020-yilning 3-noyabrida o‘tkaziladi. Tramp pandemiyaning ikkinchi to‘lqini va boshqa davlatlarning pochta orqali o‘tkaziladigan saylovlarga aralashuvi xavfi sabab prezidentlik saylovlari qoldirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Keyinroq prezidentlik saylovlari sanasini ko‘chirish borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirib, uni o‘zgartirishni istamasligini aytgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют