» » Chilonzorda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ikki haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Chilonzorda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ikki haydovchi shifoxonaga yotqizildi


Toshkent shahri Chilonzor tumanida Spark, Cobalt va Gentra avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar beradi “Zamon” informatsion dasturi IIV matbuot xizmatiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani Bunyodkor va 2-Qatortol ko‘chalari kesishmasida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz bergan. YTH 3 haydovchining yo‘l talashishi natijasida kelib chiqqan. Ro‘parasidan kelgan avtomobilga chap berishga uringan boshqa avtomashina borib yo‘l chetidagi svetoforga urilgan.

“Yonimda Spark bor edi. Cobalt ‘qizil’ga chiqib keldi. Spark qanday qilib urganini ko‘rganim yo‘q”, — deydi Gentra avtomobili haydovchisi voqea tafsilotini gapirar ekan.

Haydovchining qayd etishicha, Cobalt salonida 3 nafar bola, boshqaruvda esa ayol kishi bo‘lgan. Cobalt va Spark haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.

Holat yuzasidan guvohlar orqali surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют