» » O‘zbekistonda 27-avgust kuni 393 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonda 27-avgust kuni 393 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi


O‘zbekistonda 26-avgust soat 23:30 dan 27-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 393 ta holat qayd etildi. Ketma-ket uchinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 40447 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 393 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar qayd etildi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Sirdaryo va Xorazmda yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi.

Toshkent shahrida 241 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (25-avgust) 61 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlar bilan birga) 10 250 ta yangi holat aniqlandi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 24 665 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 61 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkent viloyatida 93 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda 26-iyuldan buyon uchinchi marta kasallanish holatlari 100 taga yetmadi, ulardan ikkitasi oxirgi ikki kunga to‘g‘ri keldi. Avgust oyining 27 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 4106 kishiga ko‘paydi. Viloyatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6832 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallikka chalinganlarning 16,9 foiziga tengdir.

SSV Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 50 yoshli B.X. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 293 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 302 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2949 nafar bemordan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

27-avgust kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida 638 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 24-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40447 nafar bemordan 37200 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqdaSog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha bir kun avval o‘rnatilgan rekord yangilandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют