» » “Shaxtyor Soligorsk” ilk saralash bosqichidayoq Yevropa Ligasini tark etdi. Jasur Yaxshiboyev penaltidan foydalana olmadi

“Shaxtyor Soligorsk” ilk saralash bosqichidayoq Yevropa Ligasini tark etdi. Jasur Yaxshiboyev penaltidan foydalana olmadi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining 1-saralash bosqichida Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi 27-avgust, payshanba kuni “Sfintul George”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv belarus klubining ustunligida boshlandi, bo‘lim avvalida to‘p nazorati to‘liq “Shaxtyor” tomonida bo‘ldi. Biroq 29-daqiqada mezbonlar hujumchisi Darko Bodul moldavanlar futbolchisiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Shundan keyin “Sfintul” jamoasi faollikni oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida maydonga o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev tushirildi. Bu Jasur uchun Yevrokuboklardagi debyut o‘yin bo‘ldi. Tanaffusdan keyin ham to‘p asosan maydon markazida bo‘ldi va darvozalar olida aytarli xavfli vaziyatlar sodir etilmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlar mehmonlarning kichik ustunligida o‘tdi. Unda ham hisob o‘zgarmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. “Shaxtyor” safida birinchi bo‘lib 11 metrlik nuqtaga Yaxshiboyev yaqinlashdi, ammo uning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Mezbonlar safida faqat Aleksandr Sachivko penaltini aniq amalga oshirdi, mehmonlardan esa to‘rt futbolchi mo‘ljalda adashmadi.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shoxruh Gadoyev to‘p suradigan “Keshlya” jamoasi “Lyachi” bilan kuch sinashdi. Gadoyev qatnashmagan bu o‘yin ham penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi va unda albanlarning qo‘li baland keldi.

Shu tariqa “Shaxtyor” va “Keshlya” ilk saralash bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

Yevropa Ligasi

1-saralash bosqichi

27-avgust, payshanba

Penaltilar seriyasi — 1:4

“Shaxtyor Soligorsk”: Gutor, Burko, Xadarkevich, Begunov (Sotnikov, 105), Sachivko, Ivanovich (Balanovich, 46), Selyava, Kendish (Szoke, 68), Podstrelov, Arxipov (Yaxshiboyev, 46), Bodul.

“Sfintul George”: Chebotar, Foksha, Novikov, Svinarenko, Ojog, Sanya (Plemedyale, 84), Slivka, Mochulyak (Yurku, 79), Smirnov, Mandrichenko (Suvorov, 90), Volkov.

Ogohlantirishlar: Slivka (55), Mochulyak (72), Szoke (88), Mandrichenko (90), Sachivko (112), Raylyan (120).

Chetlatishlar: Bodul (28), Raylyan (120+1).

Penaltilar seriyasi — 4:5

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 02:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют