» » Chinozlik Ahmadboyning yordamchisi Murodboyga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Chinozlik Ahmadboyning yordamchisi Murodboyga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi


2015-yilga qadar chinozlik Ahmadboyning yordamchilaridan bo‘lgan va xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bergan.

Mirzamurod Yunusaliyev 27-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari (firibgarlik), 184-moddasining 3-qismi (juda ko‘p miqdordagi soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 228-moddasining 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish — hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish) va 243-moddalarida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sud jinoiy guruh rahbari bo‘lgan Mirzamurod Yunusaliyevga – 9 yil, uning sheriklari G‘ofurjon Murodjonovga – 8 yil, Amiran Qudratovga – 8 yil, Erkin Sharipovga – 8 yil, Sirojiddin Yo‘lchiyevga – 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Guruhning qolgan 8 nafar a’zosi Jinoyat kodeksining 72-moddasiga (shartli hukm qilish) asosan ularning guruhdagi ishtirokchilik darajasi inobatga olinib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan shartli ravishda ozod qilinib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil may oyidan qidiruvda bo‘lgan Yunusaliyev 2019-yil 27-aprel kuni qo‘lga olingan. U qidiruvdaligi bois harakatdan to‘xtatib qo‘yilgan jinoyat ishi qayta tiklangandi.

Tergov jarayonida Mirzamurod Yunusaliyev 2016-yil yanvar oyida “Erkin Avto Diler” nomli MChJ zamirida “moliyaviy piramida” tashkil etib, bu ishga o‘zining o‘nga yaqin jinoiy sheriklarini jalb qilgani, ular yordamida 4000 nafarga yaqin fuqaroning 26 million 870 ming 51 AQSh dollari va 18 milliard so‘m miqdordagi pul va boshqa mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha qariyb 8 milliard so‘mlik 18 ta ko‘chmas mulk obyektlari (uy, choyxona, do‘kon binosi, noturar bino va inshootlar) xatlangan. Fuqarolarga tegishli 85 ta yengil mashina ashyoviy dalil tariqasida olingan. Ushbu avtomobillarning barchasi belgilangan tartibda baholanib, o‘z egalariga qaytarilgan.

Mavzuga doir: 

12-fevral kuni o‘qilgan sud hukmiga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют