» » “Bu 10 yil avval sodir bo‘lgandi”. Rossiyalik bloger Ilya Varlamov chegara punktidagi voqea yuzasidan O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga javob qaytardi

“Bu 10 yil avval sodir bo‘lgandi”. Rossiyalik bloger Ilya Varlamov chegara punktidagi voqea yuzasidan O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga javob qaytardi


Rossiyalik bloger Ilya Varlamov 25-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videointervyusida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tish chog‘ida bojxonachilarning nojo‘ya xatti-harakatlari, sigaretlarini olib qo‘yganligi haqida so‘zlab bergani xabar qilingan edi.

“Qozoq-o‘zbek chegarasidan o‘tayotganimda sodir bo‘lgan qiziq holat hech esimdan chiqmaydi. Qozog‘istondan chiqib, O‘zbekiston chegarasidan o‘tayotganimda o‘zbeklar yukxonani ochib, chamadonimni titkilay boshladi. Chegarachi krossovkalarni oldi va so‘radi: “O‘lchami necha?” Men aytdim: 43. U esa: “Afsus, 41-o‘lcham yo‘qmi?”. Xuddi do‘konda yurgandek narsalarni titkiladi. Keyin u chamadonimizdagi sigaretlarni topdi va ularni olib qo‘ydi. Yaxshiyam krossovkam 41 o‘lchamda emasdi deb o‘yladim, bo‘lmasa krossovkalarni olib qo‘yardi”, — degandi bloger.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bunga munosabat bildirib, Ilya Varlamov so‘nggi 5 yilda O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari orqali umuman harakatlanmagani, faqatgina 2020-yil 9-fevral kuni tonggi soat 05:10 da Rossiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri Samarqand aeroportiga uchib kelgan va 10-fevral kuni mazkur viloyatdagi “Jartepa” chegara bojxona posti orqali Tojikistonga chiqib ketganini bildirgan.

Varlamov esa bunga javoban chegaradagi voqea 10 yil oldin sodir bo‘lganini aytdi.

“Hurmatli Bojxona qo‘mitasi, sizlarda hammasi yaxshimi? Umid qilamanki, endilikda safingizda 41 o‘lchamdagi oyoq kiyim kiyadigan firibgarlar ishlamayapti. Bu 10 yil oldin bo‘lgan va aminmanki, bu vaqt ichida sizlar yaxshi tomonga o‘zgardingiz. Ammo mukammallikning chegarasi yo‘q. Bojxona qo‘mitasi faoliyatini yana biroz yaxshilab, Rossiya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari va safari tafsilotlarini oshkor etishni to‘xtatishni taklif qilaman”, — deb yozgan u.

Ma’lumot uchun, Varlamov o‘z blogida 2010-yilning aprelida “Yo‘l qaydlari. Uchinchi kun, biz qanday qilib O‘zbekistonga yetib oldik?” sarlavhasi ostida post e’lon qilgan. Bloger unda Qozog‘istondan O‘zbekistonga chegaradan qanday qilib o‘tgani, O‘zbekiston chegara postlari 8 soatgina ishlashi, chegaradan o‘tayotganda barcha texnikalar va pullarni deklaratsiyaga kiritish lozimligi haqida yozgan. Shuningdek, u o‘zbekistonlik chegarachilar fotoapparatining flesh-xotirasidagi suratlarni tekshirganini ham qayd etib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют