» » O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning videosi yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning videosi yuzasidan bayonot berdi


O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning O‘zbekistonga o‘tish chog‘ida bojxonachilarning nojo‘ya xatti-harakatlari haqida so‘zlab bergan videosi yuzasidan bayonot berdi.

Varlamov 25-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videointervyusida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tish chog‘ida bojxonachilarning nojo‘ya xatti-harakatlari, sigaretlarini olib qo‘yganligi haqida so‘zlab bergan.

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, bloger Ilya Varlamov so‘nggi 5 yilda O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari orqali umuman harakatlanmagan, faqatgina 2020-yil 9-fevral kuni tonggi soat 05:10 da Rossiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri Samarqand aeroportiga uchib kelgan va 10-fevral kuni mazkur viloyatdagi “Jartepa” chegara bojxona posti orqali Tojikistonga chiqib ketgan.

“Jartepa” chegara bojxona postida ham ushbu shaxs soddalashtirilgan tartibda va tezkorlik bilan bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, Samarqand xalqaro aeroporti va “Jartepa” chegara bojxona postlarida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan ushbu shaxs o‘rtasida hech qanday tushunmovchiliklar kelib chiqmagan.

“Bugungi kunda barcha chegara bojxona postlari zamonaviy skaner qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lib, fuqarolar tomonidan olib o‘tilayotgan qo‘l yuklari va bagajlar tezkorlik bilan va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari doirasida bojxona nazoratidan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar uchun chegara bojxona postlarida alohida yo‘laklar ham tashkil etilgan”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.

Varlamovning blogidan ko‘rish mumkinki, bloger 2010-yilning aprelida “Yo‘l qaydlari. Uchinchi kun, biz qanday qilib O‘zbekistonga yetib oldik?” sarlavhasi ostida post e’lon qilgan. Bloger unda Qozog‘istondan O‘zbekistonga chegaradan qanday qilib o‘tgani, O‘zbekiston chegara postlari 8 soatgina ishlashi, chegaradan o‘tayotganda barcha texnikalar va pullarni deklaratsiyaga kiritish lozimligi haqida yozgan. Shuningdek, u o‘zbekistonlik chegarachilar fotoapparatining flesh-xotirasidagi suratlarni tekshirganini ham qayd etib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют