» » AQShda mamlakatdagi eng kuchli tabiiy ofatlardan biri “Laura” to‘foni oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShda mamlakatdagi eng kuchli tabiiy ofatlardan biri “Laura” to‘foni oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


AQShning Luiziana shtatida 4 kishi, jumladan, 14 yoshli qiz mamlakat tarixidagi eng kuchli tabiiy ofatlardan biri “Laura” to‘foni tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Ularning o‘limiga turar joylar ustiga daraxtlarning qulab tushishi sabab bo‘lgan, deya xabar qildi Associated Press. Luiziana shtati hukumati qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan.

Shtat gubernatori Bell Edvards “Laura”ning Luizianaga yopirilgan eng kuchli to‘fonlardan biri ekanini ta’kidlagan. Ya’ni “Laura” 2005-yildagi “Katrina” to‘foni talafotlaridan ham ko‘proq ziyon yetkazgan.

Some of the first aerial imagery I've seen from Lake Charles after Laura. Entire homes just wiped off the map https://t.co/aDNsZXmc14 pic.twitter.com/F14H73v5Fg

— Brian Kahn (@blkahn) August 27, 2020

Ushbu to‘fon davrida shamolning maksimal tezligi soatiga 241 kilometrga yetgan. To‘fon Luiziana qirg‘oqlariga kirib kelganidan 11 soat o‘tib, tropik bo‘ronga aylangan va Arkanzas shtatining shimoliy qismi tomonga qarab harakatlangan.

Luiziana va Texasda 700 mingdan ziyod uylar elektr ta’minotisiz qolgan. Tabiiy ofat ko‘plab binolarni qisman yoki butunlay vayron qilgan. Luizianadagi Uestleyk shaharchasida joylashgan BioLab kimyoviy zavodida to‘fon tufayli yong‘in kelib chiqqan.

Chemical plant BioLab in Westlake caught fire in Laura’s wake, sending thick black smoke billowing into the sky over the wind-torn landscape near Interstate 10 https://t.co/Rl6nxQfROX 3/4 pic.twitter.com/nMMtggZXKw

— Reuters (@Reuters) August 27, 2020

Avval “Laura” to‘foni oqibatida Gaitida 20 nafar, Dominikanda esa uch nafar fuqaro vafot etgandi.

Mavzuga doir: Video: Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti Buyuk Britaniyadagi to‘fon sabab uchish yo‘lagida “osilib” qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют