» » Keksalar salomatligi uchun xavfli hisoblangan kichik ozgarishlar

Keksalar salomatligi uchun xavfli hisoblangan kichik ozgarishlar


Inson yoshi otgan sayin nafaqat tez-tez xastalanib qoladi, balki kasallikka dosh berishi ham qiyinlashib boradi. Unchalik ham jiddiy korinmagan kasalliklar aslida yoshi katta insonlar uchun xavfli bolishi mumkin. Ular qaysilar ekanini bilib qoygan yaxshi.

Gripp

Shifokorlar, ayniqsa, yoshi katta insonlarni grippdan qattiq ogohlantiradi. Chunki 60 yoshdan otganlar grippga qarshi kurashishda eng zaif guruhga aylanadi. Sababi aynan grippdan song yurak xastaligidan tortib pnevmoniyaga qadar xavfli asoratlar qoladi. Qariyalar har yili grippga qarshi emlansa-da, bu kasallikning oldini olishga yordam bermaydi. Shunchaki kasallikning asorati xavfsizroq otadi.

Gripp nimasi bilan yoshi kattalar uchun xavfli hisoblanadi?

Birinchi navbatda, pnevmoniya xavfi yuqori boladi. Kopincha opka bilan bogliq muammolar grippning asosiy belgilari yoqolganidan ikki-uch hafta otib, yotal qoldiqlari orqali namoyon boladi. Bunday paytda muammo jiddiy tus olishi mumkin, shuning uchun darhol shifokor korigidan otish zarur. Agar nafas qisilishi, bosh aylanishi, kokrak qafasidagi siqilish, qayt qilish va tana harorati kotarilishi kuzatilsa, albatta, tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.

Jigildon qaynashi

Barchada ham vaqti-vaqti bilan jigildon qaynashi kuzatiladi, lekin u muntazam ravishda paydo bolsa yoki bir-ikki hafta va undan ham koproq muddat davomida otib ketmasa, surunkali jigildon qaynashi yoki uning xavfli shakli oshqozon-ichak kasalligiga olib kelishi mumkin. Aynan bu holat keksalar organizmida qizilongach qoplamasi toqimalariga zarar yetkazadi. Zararlangan toqima esa har xil bakteriya va yuqumli kasalliklar uchun ochiq eshik vazifasini bajaradi va zaiflashgan immunitetni osongina yengadi.

Kayfiyat ozgarishi

Yoshi katta insonlarda muntazam ravishda kayfiyatning ozgarishi, shuningdek, sababsiz paydo boladigan tushkunlik hissiyotlari sezila boshlansa, albatta, shifokorga murojaat qilish zarur. Bu qalqonsimon bez kasalligining dastlabki belgilari bolib, vitamin yetishmasligining namoyon bolishidir. Shuningdek, keksa odamlarda nogironlik holatining 6 foizi tushkunlikka tushish bilan uzviy bogliq. Agar ushbu ogohlantiruvchi belgilar oldindan sezila boshlasa, shifokor korigidan otish va bemorga avvalgidan koproq etibor qaratish, ijtimoiy hayotga olib kirish, ularni iloji boricha, yolgiz qoldirmasdan muloqot qilish tavsiya etiladi.

Suyak mortlashuvi

Menopauza davrida ayollar kalsiy moddasini faol ravishda yoqotishni boshlaydi va bu jarayon har on yillikda tezlashadi. Yosh ulgaygan sari suyaklar va bogimlar mortlashib, sinish xavfi ham oshib boradi. Ularni davolash va tiklash esa juda kop vaqt talab etadi. Buning uchun yiqilishga sabab boladigan barcha xavfli omillarni yoq qilish muhim hisoblanadi. Bunda, eng avvalo, qulay poyabzal tanlash tavsiya etiladi, kozning korish darajasi susaygan bolsa, oftalmolog nazoratidan otish kerak. Shuningdek, bosh aylanishi kuzatilsa, uy yoki xonadon iloji boricha past va xavfsiz holatda bolishini taminlash zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (28-08-2020, 08:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -