» » Rossiyada COVID-19’ga qarshi ikkinchi vaksina — “Vektor” ham tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Rossiyada COVID-19’ga qarshi ikkinchi vaksina — “Vektor” ham tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi


“Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkin. Gamaleya institutining “Sputnik V” vaksinasi ham xuddi shu tartibda tezkor ro‘yxatga olingandi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilgan.

“Uchinchi bosqich ro‘yxatga olish jarayoni bilan parallel ravishda kechadi”, — degan “Vektor” markazining zoonoz infeksiyalar va grippga qarshi bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Rijikov.

Shuningdek, u Gamaleya institutidagi vaksinada bo‘lgani kabi ro‘yxatga olishgacha uchinchi bosqich ham o‘tkazilishi yoki ro‘yxatga olinganidan keyin uchinchi sinov bo‘lishi mumkinligi haqida berilgan savolga ham javob qaytargan.

Rijikov vaksinani klinik sinashning ikkinchi bosqichi amalga oshirilayotganini eslatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 100 nafar odam ushbu klinik testlarda ishtirok etmoqda. Preparatning ikkala dozasini bosqichma-bosqich, muayyan oraliqda qabul qilgan birinchi ishtirokchida COVID-19’ga qarshi immunitet darajasi paydo bo‘lgani kuzatilgan va u statsionar davolanishda chiqarilgan. Olti nafar kishida inyeksiya yuborilgan joyda kasallanish sodir bo‘lgan, qolganlarda shikoyat kuzatilmagan.

“Kuzatuvda bo‘lganlarning har birida antitana borligi aniqlangan”, — deya ta’kidlagan Rijikov.

Olimning aytishicha, vaksina organizmda kamida bir epidemik mavsum uchun kerakli darajadagi antitana ishlab chiqarishda ishtirok etadi.

“Hozircha tadqiqotlar yakuniga yetmagan, shu sababli vaksinamiz immunitetining davomiyligi haqida gapirishga hali erta. Bu gripp vaksinasi davridan kamroq bo‘lishi ham mumkin”, — degan Rijikov.

Shuningdek, u immunitet faqat bitta mavsum uchun saqlanib turishi, “Vektor” markazida odamlarni yilda bir marta qayta vaksinatsiya qilish, keyinchalik uch yilda bir marta emlash taklif qilinayotgani haqida aytib o‘tgan.

“Ehtimol, bu har yili amalga oshirilar. Balki o‘n yillar davomida sinovdan o‘tgan sxema bo‘yicha ishlarmiz”, — deydi Rijikov.

Sinovlarning hozirgi bosqichida 100 nafar ko‘ngillidagi o‘zgarishlar haqida sentabr o‘rtasida hisobot beriladi. Shifokorlar ishtirokchilarni 280 sutkadan ko‘proq vaqt davomida ham kuzatishi mumkin. “Vektor” vaksinasi sentabr oxiri oktabr boshlarida ro‘yxatga olinishi mumkin. Bu haqda Vladimir Putin o‘tkazgan yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lumot bergan.

Vaksina suspenziya shaklida ampulalarda chiqariladi va yelkadagi mushaklar orasiga yuboriladi. “Vektor” vaksinasining dastlabki seriyalarini ular ro‘yxatga olinganidan keyin ishlab chiqarishga kirishiladi. Ampula narxi oshkor etilmagan, biroq uning qiymati jahon bozoridagi narxlar bilan raqobatbardosh ekani ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют