» » Putin koronavirusga qarshi vaksinani olgan qizi o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qildi

Putin koronavirusga qarshi vaksinani olgan qizi o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, uning qizi koronavirusga qarshi Rossiyada yaratilgan vaksinaning sinovida ko‘ngilli sifatida qatnashgan va o‘z kasbidan kelib chiqib, qarorni o‘zi qabul qilgan. Putin qizlaridan biri koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangani haqida mazkur vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilganini ma’lum qilish chog‘ida aytgandi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, uning qizi ish yuzasidan ko‘plab odamlar bilan muloqot qiladi. “Yaxshi ishlash uchun o‘zining himoyalanganini his etish kerak”, — deya ma’lum qilgan Putin.

Vaksina qabul qilinganidan keyin birinchi kuni prezidentning qizida tana harorat 38,4 darajaga ko‘tarilgan, ikkinchi kuni esa harorat 37 darajaga tushgan, unda koronavirusga qarshi antitanalar shakllangan.

“21 kundan keyin qilingan ikkinchi emlashdan so‘ng ham harorat biroz ko‘tarilgan, biroq hammasi joyida. Men u bilan faqat telefonda gaplashdim. U o‘zini yaxshi his qilyapti, xudoga shukur”, — degan Rossiya prezidenti.

Gap Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan “Sputnik V” vaksinasi haqida borgan. Hozirda mazkur vaksinaning klinik sinovlari davom etmoqda. Vaksina Gamaleya instituti va “Binnofarm” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Institut direktori Aleksandr Gintsburgning aytishicha, u ko‘ngillilar orasida prezidentning qizini tanimagan.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, sentabr oyida Novosibirskdagi “Vektor” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan ikkinchi Rossiya vaksinasi paydo bo‘lishi kerak. Prezidentning fikricha, ikkala vaksina ham bir xilda xavfsiz va samarali bo‘ladi hamda o‘zaro raqobat qiladi.

Avvalroq Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Rossiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi.

Rossiyaning farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagani uchun uni ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi. Bunga javoban Rossiyaning Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (“Roszdravnadzor”) ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab ko‘ngillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko COVID-19’ga qarshi vaksinani yaratishda adenovirus asosida bir xil texnologiya ishlatilganini, shuning uchun bu holda u qayta ko‘rib chiqishga, kechiktirishga muhtoj emasligini bildirgan.

Britaniyaning Reding universiteti virusologiya professori Ien Jonsning bildirishicha, uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tmagan koronavirusga qarshi vaksinani qabul qilish natijasida virus mutatsiyaga uchrab, yangi shtammni hosil qilishi, u esa keyinchalik boshqa barcha vaksinalarni ham chetlab o‘tadigan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Rossiyada mazkur vaksinani ommaviy ravishda qo‘llash 2020-yil oktabr oyidan boshlanadi. Emlash bilan bir vaqtda vaksinaning klinik tadqiqotlarining uchinchi fazasi ham olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют