» » O‘zbekiston 2020-yilning avgust oyiga qadar 52,5 tonna atir import qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15,8 tonnaga kam

O‘zbekiston 2020-yilning avgust oyiga qadar 52,5 tonna atir import qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15,8 tonnaga kam


O‘zbekistonga 2020-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, qiymati 377 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 52,5 tonna atir mahsuloti import qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 tonnaga kam. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

O‘zbekiston 2020-yilda 12 ta davlatdan atir import qilgan. Import qilingan atirning eng katta ulushi 42,1 tonna bilan Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Atir importida Chexiya – 4,2 tonna, Xitoy – 2,5 tonna va Rossiya – 1,8 tonna bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Fransiyadan O‘zbekistonga 2020-yilning 7 oyida 30 ming gramm atir import qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilda O‘zbekistonda qiymati 971,5 million so‘mga teng bo‘lgan 13,6 tonna atir ishlab chiqarilgan.

Avvalroq O‘zbekiston 18,9 million dollarlik uzum, 1 milliard dollarlik to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari, 2 ming tonnadan ziyod tarvuz, 2,1 milliard dollarga teng oltin sotgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют