» » O‘zbekiston 9 ta davlatga 36 mln dollarlik shaftoli eksport qildi

O‘zbekiston 9 ta davlatga 36 mln dollarlik shaftoli eksport qildi


O‘zbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta davlatga eksport qildi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, qiymati 36,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,7 ming tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga ko‘p.

Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi, ya’ni 16,7 ming tonnasi Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaga 22,1 ming tonna va Qozog‘istonga 20,6 ming tonna shaftoli eksport qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют