» » O‘zbekiston 7 oyda 18,9 mln dollarlik uzum eksport qildi

O‘zbekiston 7 oyda 18,9 mln dollarlik uzum eksport qildi


O‘zbekiston 2020-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, qiymati 18,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 ming tonnaga ko‘p, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Uzum mahsulotini eksporti bo’yicha Qozog‘iston 12,5 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiyaga 6,2 ming tonna va Qirg‘izistonga 2,3 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

Ta’kidlanishicha, pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay 13 ta davlatga O‘zbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan. Ayniqsa, bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston davlatlari bozorlarida O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum mahsuloti birinchi bor sotilmoqda.

Eksport qilingan uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (6,2 ming tonna), Toshkent (4,3 ming tonna), Namangan (3,1 ming tonna), Xorazm (2,1 ming tonna) va Qashqadaryo (1,7 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют