» » “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi haqidagi qiziqarli faktlar

“I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi haqidagi qiziqarli faktlar


1965-yilda muxlislar qalbidan joy olgan “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi ekran yuzini ko‘rgan. Uch qismdan iborat kartina sujetida umumiylik bo‘lmagan, lekin ularni bir asosiy qahramon — ko‘zoynakli talaba Shurik birlashtirib turgan. Quyida film bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

“Jiddiy bo‘lmagan hikoyalar”

1964-yilda ssenariy mualliflari Moris va Yakov Kostyukovskiylar rejissor Leonid Gaydayga “Jiddiy bo‘lmagan hikoyalar” ssenariysini olib keladi. Bosh qahramon Vladik Aryev ismli talaba turli qiziqarli voqea hodisalarga duch kelishi ssenariyni asosini tashkil qilgan. Charli Chaplinni esga soladigan ushbu qahramon o‘sha davr talabasi haqida to‘liq tasavvur bera olgan.

Gaydayga ssenariy yoqqan, lekin o‘z odatiga sodiq qolgan holda qayta yozishga kirishgan. Natijada esa “Jiddiy bo‘lmagan hikoyalar”dan uchta novella: talaba, tekinxo‘rni qayta tarbiyalagan “Sherik”, ko‘zoynakli talaba va noyob konspekt haqidagi “Shayton vasvasasi” va jinoyatchilarni fosh qilgan talaba, Nikulin, Vitsin va Morgunov suratga tushgan “I operatsiyasi” yuzaga kelgan.

Rol uchun sinov

Komediyada suratga tushish uchun aktyorlarni tanlash va saralash ishlari 1964-yilning yozida boshlangan. Asosiy muammo Vladik qahramoni uchun munosib aktyor tanlashda bo‘lgan. Oleg Vidov, Yevgeniy Petrosyan, Ivan Bortnik va boshqalar ushbu rol uchun sinab ko‘rilgan, ammo talabani gavdalantirish Aleksandr Demyanenkoga nasib qilgan. Aslida suratga olish jamoasi Valeriya Nosik nomzodida to‘xtagan bo‘lgan. Lekin aktyor qo‘polroq bo‘lgan, Gayday esa bosh qahramonini odobli, tartibli va ta’sirchan bo‘lishini istagan. Hamkasblaridan biri leningradlik aktyor Aleksandrni eslatib, suratini ko‘rsatganidan keyin esa u o‘sha zahoti Leningradga jo‘nab ketgan. Demyanenko bosh qahramon roliga tasdiqlangan, uning ismi esa Vladikdan Shurikka o‘zgartirilgan. Demyanenko ssenariy bilan tanishganidan keyin film muvaffaqiyatga erishishi va u vaqtdagi kino olamida bunaqasi hali bo‘lmaganiga amin bo‘lgan. Aktyor haq bo‘lib chiqdi, film darhaqiqat kutilganidan-da omadli bo‘ldi, lekin aynan shu ijrosi sabab uning karyerasida boshqa omad kulib boqmagan. Bunga aktyor Shurik rolini qoyilmaqom qilib ijro qilganidan muxlis va tomoshabinlar uni boshqa qahramon sifatida qabul qila olmagani, uning timsolida faqat Shurikni ko‘rgani sabab bo‘lgan.

Gayday Leningradga borganida Verzila roli uchun yana bir aktyor Aleksey Smirnovni ham o‘zi bilan birga olib kelgan. Aslida bu rolni filmda ish boshqaruvchini jonlantirgan Mixail Pugovkin ijro qilishi kerak bo‘lgan, lekin ijodiy rahbar Ivan Piryev Pugovkinning ko‘rinishi to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblagani uchun nomzod o‘zgartirilgan.

“Shayton vasvasasi” kartinasidagi qo‘lidan konspekt daftari tushmaydigan qiz roliga sinab ko‘rilgan Natalya Seleznyova nima uchundir boshqalardan farqli ravishda rolga tasdiqlanishga ishonchi komil bo‘lmagan. Lekin rejissorga aktrisaning tashqi ko‘rinishi va shaddodligi yoqqan, shundan keyin u asosiy qahramon qiz roliga tasdiqlangan.

Murakkab kechgan suratga olish jarayoni

Aktyorlar tanlanib, suratga olish ishlari boshlanganidan keyin Moskvada havo yomonlashgan. Shundan keyin quyoshli yoz aks etishini istagan jamoa Bokuga jo‘nab ketgan. Ozarbayjonda ham yomg‘ir yog‘a boshlagan va jamoa Odessaga borishiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan suratga olish ishlari kuzga borib qolgan, ushbu faslda esa Odessa ob-havosi hamisha ham quyoshli bo‘lavermaydi. Demyanenko aksiga olib kasal bo‘lib qolgan, u o‘zini yomon his qilgani uchun suratga olish ishlari bir necha kunga to‘xtatilgan. Shunga qaramay Odessadagi quyoshli kunlarda suratga olishga muvaffaq bo‘lingan. “Shayton vasvasasi”dagi Lidaning xonadonidagi voqealar esa Moskvada suratga olingan.

Omadli raqamlar

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют