» » Ozbekistonda firibgarlar tomonidan Telegram va WhatsApp foydalanuvchilari mablaglarini ozlashtirish holatlari kuzatildi

Ozbekistonda firibgarlar tomonidan Telegram va WhatsApp foydalanuvchilari mablaglarini ozlashtirish holatlari kuzatildi


Ozbekiston hamda MDH davlatlarida Telegram yoki WhatsApp messenjerlari orqali firibgarlar tomonidan internet foydalanuvchilari mablaglarini ozlashtirish holatlari kuzatilgan, deyaxabar bermoqdaOzkomnazorat.

FiribgarlarGoogle,Apple, Facebook kabi mashhur kompaniyalarning logotiplaridan foydalangan holda turli guruhlarda yangi foydali aksiyalar haqida elon joylashtirmoqda va ushbu elonga zararli havola yoki yuklab olish talab qilinadigan fayllarni qoshib qoymoqda.

Qayd etilishicha, foydalanuvchi ozi bilmagan holda ushbu zararli faylni yuklab olishi oqibatida uning shaxsiy malumotlari, bank kartasining raqami, hisob raqami, tugilgan sanasi va parollari firibgarlar ixtiyoriga otib qolishi mumkin.

Shuningdek, messenjerlardagi ozaro muloqotlarda notanish suhbatdosh kopincha xabarni boshqa tanishlarga ham yuborishni, ilova yokiemojiniyangilashni tavsiya qiladi.

Ekspertlarning qayd etishicha, xabarni boshqalarga ulashgan foydalanuvchi firibgarlikka bilib-bilmay sherik bolib qoladi. Bundan tashqari, bu kabi xabarlarda fishing saytlari manzili korsatiladi va ularga kirib qolgan foydalanuvchi zararli virusni yuklab olishi va bu uning qurilmasidagi shaxsiy malumotlarning, elektron hisobidagi mablaglarining ogirlanishiga olib kelishi mumkin.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida messenjerlarda mediafayllarni avtomatik ravishda yuklab olish funksiyasini ochirib qoyish, begona akkauntlardan kelgan elonlarga, turli yolgon xabarlarga ishonmaslik tavsiya qilinadi.

Ozbekistonda ham Telegram orqali real odam nomidan qalbaki akkaunt ochib, haqiqiy profil egasining tanishlaridan pul sorash, ulardan moddiy yordam olishga urinish holatlari kuzatilgan. Tanishidan tong saharda yoki yarim tunda ogir ahvolda qolgani haqida xabar olgan foydalanuvchilarga begona odamning karta raqami yuboriladi. Muammo nimada ekanini tushunmagan foydalanuvchi dostiga yordam qilaman, deb firibgarlarga aldanib qolishi mumkin.

Ozkomnazorat internet foydalanuvchilaridan ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi holatlar kuzatilganida qaror chiqarishga shoshilmaslik, etiborli bolish, messenjerlardagi akkauntlari orqali axborot almashinuvida xavfsizlik talablariga rioya qilishga chaqirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (28-08-2020, 11:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
:
-
:
20 ... -