» » JSST rahbari koronavirus millionlab insonlarning ruhiy salomatligiga ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi

JSST rahbari koronavirus millionlab insonlarning ruhiy salomatligiga ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasi millionlab odamlarning ruhiy salomatligiga ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Jeneveda o‘tkazilgan brifing vaqtida ta’kidlab o‘tgan.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, ruhiy holatga koronavirus sabab joriy etilgan ijtimoiy aloqalarni cheklovchi choralar chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda.

“COVID-19 millionlab odamlarning ruhiy salomatligiga ta’sir ko‘rsatib, ularda qo‘rquv va vahima uyg‘otmoqda, shuningdek, ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ishining buzilishiga olib keldi”, — deydi Gebreyesus.

JSST rahbarining ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasiga qadar ruhiy salomatlik global sog‘liqni saqlashning unutilgan masalasi bo‘lgan. “Bugungi kunda milliardga yaqin inson ruhiy buzilishlar bilan yashamoqda, har yili uch million odam spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida vafot etyapti va har 40 soniyada dunyo bo‘ylab bir kishi o‘z joniga qasd qilmoqda”, — deydi u.

Shu bilan birga, ruhiy masalalar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatdan barcha ham foydalana olmaydi. Daromadi o‘rtacha yoki past davlatlarda ruhiy buzilish va nevrologik kasalliklarga ega 75 foiz inson hech qanday davolanish muolajalarini olmaydi.

Mavzuga doir:

Avval 11-avgustda JSST rahbari koronavirusga qarshi kurashda “umid uchqunlari” paydo bo‘lganini ma’lum qilgan, 19-avgust kuni esa Tedros Gebreyesus dunyo mamlakatlarini koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng tarqatishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют