» » JSST rahbari COVID-19 pandemiyasi kamida ikki yil muddatda yengib o‘tilishini bildirdi

JSST rahbari COVID-19 pandemiyasi kamida ikki yil muddatda yengib o‘tilishini bildirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus COVID-19 koronavirus pandemiyasi kamida ikki yil ichida ortda qolishi mumkinligini aytib o‘tdi. U bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

JSST rahbari 1918-yildagi ispan grippi pandemiyasi ham ikki yil davom etganini eslatgan. Uning fikricha, COVID-19 koronavirus pandemiyasi dunyoda odamlar o‘rtasidagi muloqot ko‘paygani tufayli tarixdagi eng keng tarqalib ketgan virus bo‘lishga yaqin turibdi.

“Lekin bizda pandemiyani to‘xtatish uchun texnologiyalar va bilim yetarli”, – degan JSST bosh direktori.

Gebreyesus nutqi davomida infeksiyaga qarshi kurashda xalal berayotgan jihat globallashuv va odamlar o‘rtasidagi muloqotning faollashgani ekanini ta’kidlagan. U zamonaviy texnologiyalarni pandemiyaga qarshi kurashdagi ustunlik beruvchi jihat deb hisoblamoqda.

“Shu sababli biz pandemiyaga yaqin ikki yil ichida barham beramiz, bunda barcha kuchlarni birlashgan holda safarbar etish, milliy birlik va global birdamlik asosiy qurol bo‘ladi”, – degan Tedros Adan Gebreyesus.

U koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqilishiga umid qilishi va kasallikning tarqalishiga qarshi eng yaxshi choralari ko‘rilishi lozimligini bildirgan.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi 2019-yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlagan, keyinchalik u yerdan boshqa xorij davlatlariga o‘tgan va 2020-yil 11-mart kuni JSST ushbu virusning tarqalishini butun dunyoda pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan.

Avval 11-avgustda JSST rahbari koronavirusga qarshi kurashda “umid uchqunlari” paydo bo‘lganini ma’lum qilgan, 19-avgust kuni esa Tedros Gebreyesus dunyo mamlakatlarini koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng tarqatishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют