» » JSST: Koronavirus sabab chegaralar yopilgani boshqa kasalliklarni davolovchi vaksinalar yetishmovchiligini yuzaga keltirdi

JSST: Koronavirus sabab chegaralar yopilgani boshqa kasalliklarni davolovchi vaksinalar yetishmovchiligini yuzaga keltirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus ko‘plab davlatlarda koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin sabab chegaralarning yopib qo‘yilgani boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladigan vaksinalar tanqisligini yuzaga keltirganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra poliomelit, qizamiq, vabo, odam papillomasi virusi, sariq isitma kasalligi va meningitga qarshi emlash bo‘yicha 14 ta kampaniya vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu vaksinalar 13 million aholiga mo‘ljallangandi.

“Vaksinalar va immunizatsiya global alyansi (GAVI) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aholining daromadi past bo‘lgan 21 ta mamlakat COVID-19 tarqalishi tufayli chegaralarning yopilishi va transport yuk qatnovlari muammosi yuzaga kelishi oqibatida vaksinalar yetishmovchiligi kuzatilayotganini xabar qilgan”,— deya ta’kidlagan JSST rahbari maxsus brifingdagi bayonotida.

Gebreyesus Sahroi Kabirdan janubda bezgak kasalligi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanini ham qayd etgan. JSST prognozlariga ko‘ra, kasallikdan odamlarni emlash to‘xtatilsa, ushbu hududda bezgak bilan kasallanganlar soni ikki baravarga ko‘payishi mumkin.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlari koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralarini yopgan va xalqaro aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan.

Mavzuga doir: 

Avval JSST rahbarining koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligi haqida ogohlantirgani xabar qilingandi.

Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumotlarga muvofiq 27-aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3 milliondan oshib ketgan, 878 mingdan ziyod kishi kasallikdan tuzalgan. 208 mingdan ziyod odam COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. AQSh koronavirus bilan kasallangan odamlar soni bo‘yicha reytingda yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют