» » JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar cheklovlarni olib tashlashdan oldin bir qator choralarga amal qilinganiga ishonch hosil qilishi kerak. Xususan, hukumat virusning odamdan odamga yuqishini, kasallanish bo‘yicha vaziyatni nazorat qila olishi lozim. Sog‘liqni saqlash tizimi har bir COVID-19 holatini aniqlash, tekshirish, izolyatsiya qilish va davolash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, JSST rahbari tibbiy muassasalarda koronavirus tarqalish xavfini minimallashtirish, shuningdek, ishxonalar, maktablar kabi odamlar tashrif buyurishi kerak bo‘lgan boshqa jamoat joylarida profilaktika choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, koronavirusning chetdan yuqishi xavfini oldini olish ham lozim.

JSST rahbarining aytishicha, 2019-yilda pandemiyani yuzaga keltirgan COVID-19 grippdan 10 baravar xavfliroq. “Virus juda tez tarqalyapti. Shu sababli cheklov choralarini asta-sekin olib tashlash kerak va bu jarayonni nazorat qilish kerak. Bu bittada amalga oshirilmasligi lozim”, — deb ogohlantirgan Gebreyesus.

Xabarda aytilishicha, 10-aprel kuni JSST rahbari ayrim davlatlar cheklovlarni olib tashlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan va agar bu juda tez sodir bo‘lsa, bu o‘lim holatlari xavfining qayta tiklanishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million 920 ming kishidan, vafot etganlar soni 119 ming kishidan oshdi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 1054 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: BAAda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют