» » Toshkentda piyodani urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. 59 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi

Toshkentda piyodani urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. 59 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi


Toshkent shahri Mirobod tumanida Spark avtomobili haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan, deb xabar bermoqda shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 23-avgust kuni soat 21:50 da Mirobod tumanidagi Yangi Qo‘yliq ko‘chasida noma’lum shaxs Spark avtomobilini boshqarayotib piyodalar yo‘lakchasi orqali yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. YTH natijasida 59 yoshli Vladimir F. tibbiyot muassasasiga yetkazilganiga qaramay, og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Tergovoldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, hodisadan so‘ng haydovchi Sergeli tumaniga yo‘l olgan. 26-avgust kuni avtomobil Sergelida topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil ishonchnoma asosida 24 yoshli Elyor X.ning tasarrufida bo‘lgan. Ammo YTH sodir bo‘lgan vaqtda mashinani 24 yoshli Hasan X. boshqargan. Avtomobilda yo‘lovchi sifatida 24 yoshli Husan X. va Elyor X.ning o‘zi ham bo‘lgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют