» » Samarqand shahridagi tayyorlash markazida 100 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkil etildi

Samarqand shahridagi tayyorlash markazida 100 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkil etildi


Samarqand shahridagi Olimpiya zaxiralari tayyorlash markazi binosida tashkil etilgan 1080 o‘rinli tashxislash va saralash markazida og‘ir bemorlar uchun alohida 100 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkil etildi. Markazda faoliyat olib borish uchun 50 nafar vrach, 100 nafar hamshira, 110 nafar boshqa yordamchi xodim biriktirilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun jalb etilgan tibbiyot xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida shu kungacha 169 nafar tibbiyot xodimiga 256,6 million so‘m (6 foizlik) to‘lovlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 53 nafar vrachga 111, 4 million so‘m, 58 nafar hamshiraga 80,5 million so‘m, kichik tibbiy xodimlarga 64,2 million so‘m va 1 nafar boshqa xodimga 356,6 ming so‘m to‘lov amalga oshirilgan.

Shuningdek, 14 nafar tibbiyot xodimiga maxsus to‘lovlar amalga oshirilgan. Xususan, 5 nafar vrachga 25 million so‘mdan, 5 nafar hamshiraga 15 million so‘mdan, 3 nafar kichik tibbiy xodimga 10 milliondan va 1 nafar boshqa xodimga (elektrik) 5 million so‘m rag‘batlantirish berilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashgan 101 nafar tibbiyot xodimiga 1 mlrd 660 mln so‘m to‘lab berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют