» » Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashgan 101 nafar tibbiyot xodimiga 1 mlrd 660 mln so‘m to‘lab berildi

Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashgan 101 nafar tibbiyot xodimiga 1 mlrd 660 mln so‘m to‘lab berildi


Qashqadaryo viloyatida koronavirusga qarshi kurashayotgan 101 nafar tibbiyot xodimiga 1 milliard 660 million so‘m to‘lab berilgan. Bu haqda Zoir Mirzayev ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“O‘z kasbiga sadoqatli bo‘lgan, koronavirusni yuqtirgan bemorlarni davolashda qatnashayotgan 34 nafar shifokorga 25 million so‘mdan 850 million so‘m, 36 nafar o‘rta tibbiyot xodimiga 15 million so‘mdan 540 million so‘m, 23 nafar kichik tibbiyot xodimiga 10 million so‘mdan 230 million so‘m, 8 nafar boshqa xizmat ko‘rsatgan xodimga 5 million so‘mdan 40 million so‘m, jami 1 milliard 660 million so‘m to‘lab berilgan”, — dedi viloyat rahbari Zoir Mirzayev.

Ta’kidlanishicha, virus yuqtirgan bemorlarni davolashda xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining 14 kunlik ish haqqiga 6 foiz ustama hisoblanib, ularga jami 10 milliard 352 million so‘m to‘lab berilgan.

Zoir Mirzayev brifing davomida korxona va tashkilot rahbarlariga murojaat qilib, xodimining biror bir yaqini koronavirusga chalingan bo‘lsa ham moddiy tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Prezident farmoni bilan viloyatdagi 12 nafar tibbiyot xodimi, 1 nafar IIB va 1 nafar Milliy gvardiya xodimi yuksak mukofotga munosib ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Chuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют