» » Xorazm viloyatida xonadonda tashkil qilingan qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Xorazm viloyatida xonadonda tashkil qilingan qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi


Xorazm viloyati Shovot tumanida xonadonda qimorxona tashkil qilgan va 20 nafardan ziyod qimorbozni to‘plab o‘yin tashkil qilgan fuqaro hamda uning sheriklari faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Shovot tumanining “Royat” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. o‘z uyini xuddi kinolardagi kabi kichik kazinoga aylantirgan. U 2020-yil 26-avgust kuni yirik qimor o‘yinini tashkil etish va o‘tkazishni rejalashtirib, nafaqat tumanda yashovchi, balki qo‘shni Qoraqalpog‘istondan ham bir guruh qimorbozlarni mehmonga taklif qilgan.

Qimor o‘yiniga berilib ketgan 21 nafar qimorboz xonadonga kirib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarini payqamagan, ularga ahamiyat ham bermagan. Tezkor tadbir davomida qimorga tikilgan 33 million so‘mdan ortiq qiymatdagi pul hamda o‘yin qartalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Noqonuniy tashkil qilingan qimorxonalar haqida avval ham tez-tez xabarlar berib borilgan. Jumladan, iyul boshida Namangan shahrida Jinoyat qidiruv bo‘limi va DXX tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida, 3-avgustda esa Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida uyida qimorxona tashkil qilib, pul evaziga karta o‘yini o‘tkazgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgani, u Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan aybli deb topilib, uch yil muddatga ozodlikni cheklash bilan jazolangani xususida xabar berilgan. Shuningdek, 23-avgust kuni Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida qimor o‘ynayotgan 14 kishi qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют