» » Namanganda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Namanganda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi


Namangan shahar IIO FMB TEQKB 30-iyun kuni Jinoyat qidiruv bo‘limi va DXX tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namanganlik fuqaro 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxsga qimor uchun xonadonida sharoit yaratib bergan.

Voqea joyidan jami 34 867 000 so‘m pul, 1120 AQSh dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bunga qadar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onada yashash uyida tashkil etilgan qimorxonalar faoliyatiga chek qo‘yilib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют