» » Limon yuzdagi dog‘larni ketkazadi: Undan uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 3 ta niqob

Limon yuzdagi dog‘larni ketkazadi: Undan uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 3 ta niqob


Limon — nafaqat tanaga, balki soch, tirnoq va teriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan eng foydali sitrus mevalardan biridir. Limon sharbati yordamida yuzdagi dog‘lar va sepkillarga ham qarshi kurashish mumkin. Samadorligi isbotlangan quyidagi uchta retseptning barchasi limon sharbati asosida tayyorlanadi.

Klassik retsept

Tayyorlanish usuli juda oson. Yarimta limonning sharbatiga paxta botirilib, yuzga surtiladi va 10 daqiqadan so‘ng yuviladi. Birozdan so‘ng yuzning muammoli joylari limon bo‘lagi yordamida artiladi va yana 10 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuviladi. Ushbu jarayonni kuniga bir marotaba amalga oshirish tavsiya etiladi.

Limon va asal

1 osh qoshiq yangi siqilgan limon sharbatiga 2 osh qoshiq toza asal aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan niqob yuzga surtiladi va 30 daqiqadan so‘ng sovuq suv bilan yuviladi. Ushbu niqob har qanday turdagi teri egalari uchun mos keladi. Shuningdek, aralashmani nafaqat yuzga, balki tananing boshqa qismlarida ham qo‘llash mumkin. Yaxshi natijaga erishmochi bo‘lganlar niqobni haftada uch marta takrorlashi kerak.

Limon, asal va zaytun yog‘i

Idishda yarim osh qoshiq limon sharbati, xuddi shuncha asal va zaytun yog‘i aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan niqob yuzning muammoli qismiga surtiladi va yarim soatdan so‘ng iliq suv bilan yuviladi. Niqob haftasiga uch marotaba qo‘llansa, albatta, samara beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют