» » Shavkat Mirziyoyev koronavirus bo‘yicha haqiqiy holat raqamlarini yashirganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bo‘yicha haqiqiy holat raqamlarini yashirganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytdi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust, juma kuni o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tishdan oldin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtaldi. Joriy haftada kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlangani, karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda ushbu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishi qayd etildi.

Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-avgust kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 402 ta yangi holat qayd etildi. 25-avgust kuni bu ko‘rsatkich 316 tani tashkil qildi va 8-iyuldan beri eng past ko‘rsatkich qayd etildi. Kasallanganlarning kunlik soni 26-avgust kuni 390 nafarni, 27-avgust kuni esa 395 nafarni tashkil qildi. 28-avgust kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, 273 kishida kasallik aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют